A- A A+

E'lonlar

Loyiha ishlari boshqarmasiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

17 may 2018 yil soat 900 da «Olmaliq KMK» AJ Loyiha ishlari boshqarmasiga quyidagi bo’sh ish o’rinlar bo’yicha ishga qabul o`tkaziladi:

Lavozim Kvalifikasion talablar
1 Muhandis-konstruktor Mutaxasisligi bo’yicha oliy ma’lumoti: metallurgiya; kon ishi; elektr ta’minoti; injenerlik kommunikasiyalar (suv ta’minoti, oqova suvlar, issiqlik ta’minoti va shamolatish tizimi); bino va inshoatlarni loyihalash.

Ishga qabul “OKMK” АJ ning O’quv markazi binosida bo'lib, nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.  

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:                  

  • Pasport;
  • Diplom;
  • Mehnat daftarchasi. Mehnat daftarchasi bo'lmagan holda turar joydan "Shu vaqtgacha  xech qaerda ishlamagan va mehnat daftarchasiga ega emas" deb yozilgan ma'lumotnoma bo'lish kerak;

Eslatma:Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12-00 gacha amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihondan o’tgan kundan boshlab 1 hafta ichida qabul qilinadi.

Ma'muriyat

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech