http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

ATB ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

9 iyun 2018 yil soat 08ººda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o`tkaziladi.

Lavozim

Lavozimga oid talablar

1

Ekskavator mashinisti

(zanjirli, g’ildirakli)

Ma’lumot bo`yicha diplom, «А,Б,В,Г,Д,Е», (А,В,С,D,E,F) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

2

Yuk mashinasi haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (В,С) toifali guvohnoma va yuk avtomashinalarida 2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

3

«E» toifali yuk mashinasi (yarim tirkama) haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (В,С,E) toifali va   2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

4

Yuklov mashinasi mashinisti

Ma’lumot bo`yicha diplom, «А,Б,В,Г,Д» (А,В,С,D,Е) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

5

Buldozer mashinisti

Ma’lumot bo`yicha diplom, «А,Б,В,Г,Д», (А,В,С,D,Е) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

6

Avtokran mashinisti

Haydovchilik guvohnomasi (В,С) toifali, avtokran mashinisti guvohnomasi, 2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

7

Avtogreyder mashinisti

Ma’lumot bo`yicha diplom, «А,Б,В,Г,Д,Е», (А,В,С,D,E,F)  toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

8

«D» toifali avtobus haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (В,С,D) toifali,  2 yildan kam bo`lmagan mehnat stajiga ega bo`lishi.

9

Avtomobillarni sozlash chilangari

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat stajiga ega bo`lishi.

10

Elektrojihozlarni sozlash va xizmat ko`rsatish bo`yicha elektromontyor

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari (elektromexanik, energetik), mehnat stajiga ega bo`lishi.

11

Dispetcher

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat stajiga ega bo`lishi.

12

Tabelchi

O`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari,   mehnat stajiga ega bo`lishi.

Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga asl nushada taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi (ishdan bo’shagan bo’lishi kerak);
  • Jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi;
  • Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
  • O’quv yurtini tamomlaganligi haqida diplom.

Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarning qabuli: 2018 yil 08 iyun kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Pashxurt mahallasi 33-umumta’lim maktab binosida 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Amaliy va nazariy bilimlar sinov kuni: 2018 yil 09 iyun soat 08:00 da o`tkaziladi.    

Shikoyatlar qabul kunidan so`ng 1 xafta mobaynida ko`rib chi`iladi.

Ma`muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech