E'lonlar

IHQX ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

12 iyun 2018 yil soat 900 da  «Olmaliq KMK» AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo`riqlash xizmatiga quyidagi bo’sh ish o’rinlariga ishga qabul o`tkaziladi:

Lavozimi

Kvalifikasion talablar

1.

1-toifali o`qchi

- o`rta yoki o`rta-maxsus toifali ma'lumotli;

- harbiy xizmat o`taganligi;

- jismoniy tayyorgarligi bo`lishi.

Ishga qabul “Olmaliq KMK” АJ ning "Metallurg" SK (eski o`yingoh)da bo'lib, nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul  qilinadi.  

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni  asl nusxasini  qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:  

  • Pasport;
  • Ma`lumoti haqida diplom;
  • Harbiy guvohnoma;
  • Maxsus tayyorgarlik ko`nikmalari va kavalifikasiyasiga egaligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Mehnat daftarchasi. Mehnat daftarchasi o'lmagan holda turar joydan "Shu vaqtgacha  xech qaerda ishlamagan va mehnat daftarchasiga ega emas" deb yozilgan ma'lumotnoma.

Eslatma: Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihondan o’tgan kundan boshlab 1 hafta ichida qabul qilinadi.                                                                                                      

Ma'muriyat

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech