A- A A+

E'lonlar

8-avtokorxonaga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2018 yil 3 iyul kuni soat 1000 da “Olmaliq KMK” AJ Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 8-avtokorxonaga quyidagi bo`sh ish o`rinlari bo`yicha ishga qabul qilinadi:

Soxa

Soxaga oid talablar

1

Ekskavator mashinisti

(zanjirli, gildirakli)

Ma’lumot bo`yicha diplom, A,B,C,D,E,F toifali traktorchi-mashinist guvohnomasi   va 2 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

2

Yuk mashinasi haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (B,C) toifali guvohnoma va yuk avtomashinalarida 2 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga   ega bo`lishi.

3

«E» toifali yuk mashinasi (yarim tirkama) haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (B,C,E) toifali va 2 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

4

Avtokran mashinisti

Haydovchilik guvohnomasi (B,C) toifali, avtokran mashinisti guvohnomasi, 2 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

5

Elektrojihozlarni sozlash va xizmat ko`rsatish bo`yicha elektromontyor

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari (elektromexanik, energetik), mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

6

Akkumulyator ta’mirlovchi

O`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, maxsus guvohnoma va   mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

7

Vulkanizatorchi

O`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari,   maxsus guvohnoma va mehnat tajribasiga   ega bo`lishi.

8

Misgar (медник)

O`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari,   maxsus guvohnoma va mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

9

Yonilg’i apparatlarini ta’mirlash chilangari

Ma’lumoti o`rta maxsus, 2 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

10

Elektron hisoblash mashinalari operatori

O`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

11

Mexanika ta’mirlash ustaxonasi boshlig’i

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, 3 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

12

Harakat xavfsizligi muhandisi

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, 3 yildan kam bo`lmagan mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

13

Hisobchi

Oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

14

Ishlab chiqarishni rejalashtirish va mehnatni me’yorlash bo`yicha muhandis (iqtisodchi)

Oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

15

Dispetcher

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari, mehnat tajribasiga ega bo`lishi.

Ishga qabul Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Pashxurt mahallasi 33-umum ta’lim maktab binosida, nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.  

2018 yil 3 iyul soat 10:00 dan 17:00 gacha hujjatlar qabul qilinadi;

2018 yil 4 iyul soat 08:00 dan amaliy va nazariy bilimlar sinovdan o`tkaziladi.      

        Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga asl nushada taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi (ishdan bo`shagan bo`lishi kerak);
  • Jamg’arib boriladigan nafaqaxo`r jamg’armasi;
  • Mutaxassisligi bo`yicha guvohnoma;
  • O`quv yurtini tamomlagani bo`yicha diplom;

Qabulga keluvchilar o`zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Shikoyatlar qabul kunidan so`ng 1 xafta mobaynida ko`rib chi`iladi.             

Ma`muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech