E'lonlar

5-avtokorxonaga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2018 yil 5 iyul kuni soat 0900 da “Olmalik KMK” AJ Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani 5-avtokorxonaga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul qilinadi:

Soxa

Soxaga oid talablar

1

Yuk mashinasi haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (B,C) toifali guvohnoma va yuk avtomashinalarida 2 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega bo`lishi.

2

Avtobus haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (B,C,D) toifali,   2 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega bo`lishi.

3

Ekskavator mashinisti

(zanjirli, g'ildirakli)

Ma’lumot bo`yicha diplom A,B,C,D,E,F toifali traktorchi-mashinist guvohnoma   va   2 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega bo`lishi.

4

Buldozer mashinisti

Ma’lumot bo`yicha diplom, (A,B,C,D,E) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan ish tajribasiga ega bo`lishi.

5

Avtogreyder mashinisti

Ma’lumot bo`yicha diplom, (A,B,C,D,E,F) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan ish stajiga ega bo`lishi.

6

Yuklov mashinasi mashinisti (подгрузчик)

Ma’lumot bo`yicha diplom,  (A,B,C,D,E) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo`lmagan ish ega bo`lishi.

7

Elektrojihozlarni sozlash va xizmat ko`rsatish bo`yicha elektromontyor

Avtomobil soxasi bo`yicha oliy ma’lumotli va o`rta maxsus ta’lim bitiruvchilari (elektromexanik, energetik), ish tajribasiga ega bo`lishi.

Ishga qabul Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Tupalang mavzesi 5-avtokorxona xududida, nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.  

2018 yil 5 iyul soat 09:00 dan 16:00 gacha hujjatlar qabul qilinadi;

2018 yil 6 iyul soat 08:00 dan amaliy va nazariy bilimlar sinovdan o`tkaziladi.    

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni asl nushasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi (ishdan bo’shagan bo’lishi kerak);
  • Jamg`arib boriladigan pensiya daftarchasi;
  • Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
  • O’quv yurtini tamomlagani bo’yicha diplom;

Qabulga keluvchilar o`zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Shikoyatlar qabul kunidan so`ng 1 xafta mobaynida ko`rib chiqiladi.

Ma`muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech