E'lonlar

Uch-Kuloch konida ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

6-iyul 2018 yil soat 10-00 da “Olmaliq KMK”AJ Uch-Kuloch koniga bo’sh ish o’rinlariga fuqarolarni ishga qabul qilish komissiyasining tanlovi bo’lib o’tadi.

Bo’sh ish o’rinlari

Malakaviy talablar

1

Bosh marksheyder

Marksheyderlik   ishi mutaxassisligi bo`yicha oliy ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

2

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo’yicha muhandis

Xayot faoliyati xavfsizligi mutaxassisligi bo`yicha oliy   ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

3

Xodimlar bo’limi texnik inspektori

Huquqshunoslik mutaxassisligi bo`yicha oliy   yoki o’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

4

Ish yurituvchi

O’rta maxsus ma’lumotli, Microsoft Office va Excel dasturlarida ishlash ko’nikmasi

5

Marmar bloklarni qazib olish va qayta ishlash ustasi

Konchilik ishi mutaxassisligi bo`yicha oliy   ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

6

Tosh kesish mashinasi mashinisti

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

7

Burg’ulash uskunasi mashinisti

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

8

Shpur burg’ulovchisi

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

9

Kon uskunalarini ta’mirlash bo’yicha elektrochilangar

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

10

Sozlovchi- elektrochilangar

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

11

Duradgor

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

12

Suvoqchi-bo’yoqchi

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

13

Ta’mirlovchi-chilangar

O’rta maxsus ma’lumotli, sohaga oid ish staji bo`lishi

Ishga qabul komissiyasining tanlovi Jizzax viloyati Forish tumani hududida joylashgan Uch-Qulach konida kasbiy va malakaviy ko’nikmalarni   aniqlash orqali konkurs asosida o’tkaziladi.  

Ishga talabgorlardan qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni asl nusxasini taqdim etishlari kerak:

  • Fuqarolik pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • Ma’lumoti to’g’risidagi diplom;   
  • Mehnat daftarchasi. Mehnat stajiga va mehnat daftarchasiga ega bo’lmaganlar uchun yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig’inidan ishlamasligi va mehnat daftarchasiga ega emasligi to’g’risidagi ma’lumot talab etiladi.

Eslatma: Qabulga keluvchilar o’zlari bilan birga ruchka va qog’oz olib kelishlari kerak.

Da’vo va e’tirozlar qabul komissiyasi o’tgandan so’ng 1 hafta mobaynida qabul qilinadi.

 Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech