E'lonlar

MTTU MISiS o`qishga taklif etamiz

on . Posted in E'lonlar

Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali abiturientlarni ta’limning kunduzgi bo`limiga 2018-2019 o`quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar va yo`nalishlar bo`yicha o`qishga taklif etadi:

21.05.04 «Kon ishi» (SPETSIALITET – 5,5 yil) (75 o`rin) 

22.03.02 «Metallurgiya» (BAKALAVRIAT – 4 yil) (50 o`rin)

09.03.02 «Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv» (BAKALAVRIAT – 4 yil) (25 o`rin)

Taqdim etiladigan hujjatlar ro`yxati:

  • MTTU “MISiS” rektori nomiga abiturientning shaxsan o`zi tomonidan yozilgan Ariza;
  • Pasportning asl nusxasi va nusxasi;
  • Ma’lumoti bo`yicha hujjatning asl nusxasi (attestat, diplom);
  • Abiturientning shaxsan erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Rus tilida to`ldirilgan (forma№086-U) tibbiy ma’lumotnomaning asl nusxasi;
  • 6 dona 3,5x4,5 hajmdagi fotosurat.

Hujjatlar 2018 yilning 1 iyulidan 2018 yilning 25 iyuliga qadar qabul qilinadi.

Manzilimiz: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, A.Temur ko`chasi, 37. (mo`ljal – Olmaliq Konchilik KHK)

Qabul komissiyasi telefoni: (+99870 61) 5-10-52

Hujjatlar har kuni (yakshanbadan tashqari) soat 9.00 dan 17.00 ga qadar qabul qilinadi.

Oliygohimizning afzalliklari:

  1. MTTU “MISiS”ning diplomi O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida oliy ma’lumot to`g’risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
  2. MTTU “MISiS”ning barcha bitiruvchilariga “Olmaliq KMK” AJ korxonalaridan ish o`rinlari taqdim etiladi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech