http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Yana bir yangi ilmiy ish himoyasi

on . Posted in E'lonlar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i Yakubov Lazizxon Ergashxanovichning “Mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida resurs tejamkorligini ta’minlaydigan texnologiyani ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengashning majlisida bo’lib o’tadi.

Tadqiqotning maqsadi: 

Mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida metallning kuyish miqdorining kamayishini ta’minlaydigan resurs tejamkor texnologiyani ishlab chiqishdan iborat.

      Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

  • mis qotishmalarini suyuqlantirish davrida resurs tejamkorlikni ta’minlaydigan yuqori haroratli ishlov berish texnologiyasi;
  • tarkibida 15–20% erkin uglerod bo’lgan flyusning takomillashtirilgan tarkibi, kuyish miqdorini 4–6%ga kamayishini ta’minlaydigan shixtani pechga yuklashdan oldingi qizdirish rejimi;
  • shixta tarkibidagi strujka miqdorini 10–15%ga oshirishning imkonini beradigan suyuqlantirish texnologiyasi;
  • tarkibida oksid va gaz qo’shimchalarining miqdorini 12–14%ga kamayishini ta’minlaydigan shixtani isitish;
  • suyuqlantirish va qizdirish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

Ushbu ilmiy jarayonda ishtirok etish uchun barcha hohlovchilarni taklif etib qolamiz!

Himoya kuni va vaqti: 2019 yil 23 fevral kuni soat 15:00da.

Manzil:Toshkent shahri, Universitet ko’chasi, 2-uy (mo’ljal: Beruniy metro bekati).

 Islom Karimov nomidagi TDTU

Olmaliq filiali rahbariyati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech