http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

«Olmaliqmetallurgqurilish» trestiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 20 mart soat 9:00 da «Olmaliq КМК» AJ «Olmaliqmetallurgqurilish» trestiga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul bo’lib o’tadi:

Lavozim

Kvalifikatsion talablar

1.

Ish boshqaruvchi (ish boshi)

Qurilish mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumoti, ish tajribasiga egaligi

2.

Qurilish va montaj ishlari bo’yicha usta

Qurilish mutaxasisligi bo’yicha oliy ma’lumoti,
ish tajribasiga egaligi

3.

Rejalashtirish ishlab chiqarish bo’limi
boshlig’i

Qurilish mutaxasisligi bo’yicha oliy ma’lumoti,
ish tajribasiga egaligi

4.

Geodezist

Oliy ma’lumotili, ish tajribasiga egaligi
(geodeziya, kartografiya va kadastr)

Ishga qabul “Olmaliq KMK” AJ ning O’quv markazi binosida bo'lib o’tadi va nazariy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.

Ishga kiruvchilar quyidagi huiiatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Diplom;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Qabulga keluvchilar o’zlari bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12:00 gacha amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihondan o’tgan kundan boshlab 1 hatta ichida qabul qilinadi.

Ma'muriyat

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech