http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Kombinatga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 18 aprel kuni soat 9:00 da “Olmaliq KMK” AJ ijro apparati va tarkibiy bo’linmalariga quyidagi lavozimlarga ishga qabul o’tkaziladi:

Lavozim

Bo’sh ish o’rinlariga da’vo qiluvchi mutaxassislarga qo’yiladigan talablar

1.

Rejalashtirish bo’yicha texnik

1. Oliy iqtisodiy ma’lumot (iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi);

2. Kompyuterda ishlash ko’nikmalari, tashkiliy texnikadan foydalana bilish, Excel dasturini bilish;

3. Sanoat korxonalarida ish tajribasi mavjudligi ma’qul ko’riladi.

2.

Rejalashtirish bo’yicha katta texnik

3.

1-toifali iqtisodchi

Ishga qabul “Olmaliq KMK” AJ O`quv markazi binosida, nazariy sinovlar va kasbiy ko`nikmalarni tekshirilgan holda tanlov asosida o`tkaziladi.

Ishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari shart (asl nusxasini):

  • Pasport;
  • Mehnat daftachasi;
  • Oliy ma’lumotligi to’g’risidagi diplom.

Eslatma: Qabulga keluvchilar o’zlari bilan qog`oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12:00ga qadar davom etadi.

Qabul bo’yicha e’tirozlar bir hafta davomida qabul qilinadi.

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech