http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Loyiha ishlari boshqarmasiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 23 aprel kuni soat  9:00 da “Оlmaliq KMK” АJ Loyiha ishlari boshqarmasiga quyidagi lavozimlarga ishga qabul o’tkaziladi:

1.Muhandis-konstruktor;

2. Loyiha-smeta hujjatlari bo`yicha muhandis.

Bo’sh ish o’rinlariga da’vogarlik qiluvchi mutaxassislarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Ma’lumoti – oliy texnik (iqtisodiyot, elektr ta’minoti, muhandislik kommunikatsiyalar (suv ta’minoti, oqova suvlar, issiqlik ta’minoti va shamollatish sistemasi); bino va inshoatlarni loyihalash;
  2. Kompyuterda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lish, “Avtokad” dasturini bilish;
  3. Chizmalarni o’qish va ular bo’yicha hajmlarni hisoblay olish, ishlab chiqarish texnologiyasini bilish;
  4. ShNK, KMK, GOST,TSh, loyihalar bajarilishi bo’yicha me’yorlarni bilishi;

Qabul “Olmaliq KMK” AJ O’quv markazida o’tkaziladi.

Nomzodlar o’zlari bilan birga (asl nusxa) pasport, oliy ma’lumoti to’g’risida diplom, mehnat daftarchasi, hamda ruchka va qog’oz  olib kelishlari shart.

Qabul bo’yicha da’volar bir hafta ichida qabul qilinadi.

Hujjatlar  soat 12:00 gacha ro’yxatga olinadi.

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech