http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Qurilayotgan 3-MBF direksiyasiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 26 aprel kuni soat 9:00 da “Olmaliq KMK” AJ O’quv markazi binosida Qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi direksiyasiga quyidagi bo’sh ish o’rinlarga ishga qabul o’tkaziladi: 

Bo’sh ish o’rinlari

Kvalifikatsion talablar

1.

Bosh muhandis

Ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi - kon ishi yo’nalishi bo’yicha (foydali qazilmalarni boyitish).

Tajribasi: FQB sohasida 5 yildan kam bo’lmagan rahbarlik malakasiga ega bo’lishi kerak.

2.

Ishlab-chiqarishda boyituvchilik
bo’yicha yetakchi muhandis-
texnolog

Ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi -kon ishi yo’nalishi bo’yicha (foydali qazilmalarni boyitish).

Tajribasi: FQB sohasida 3 yildan kam bo’lmagan muhandis-texnik lavozimida malakaga ega bo’lishi kerak.

3.

Butlovchi jihozlar va materiallar bo’yicha yetakchi muhandis

Ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi - texnologik mashinalar va uskunalar.

Tajribasi: 3 yildan kam bo’lmagan muhandis-texnik lavozimida malakaga ega bo’lishi kerak.

4.

1 toifali smeta tuzuvchi

Ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi - sanoat va qurilish muhandisligi (binolar va inshoatlar qurilishida).

Tajribasi: 3 yildan kam bo’lmagan muhandis-texnik lavozimida malakaga ega bo’lishi kerak.

 Nomzodlar o’zlari bilan ishga kirish uchun kerak bo’ladigan barcha hujjatlarning aslini olib kelishlari kerak:

  • Pasport;
  • Diplom;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Ruchka, varoq.

Ro’yhatga olish soat 12:00 gacha davom etadi.

Qabul bo’yicha e’tirozlar bir hafta davomida ko’rib chiqiladi.

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech