http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Moviy tog’lar chorlaydi

on . Posted in E'lonlar

Kunlar isishi bilan turli dam olish maskanlariga borish ehtiyoji seziladi. Ayniqsa, yurtimizning bahavo joylarida bunyod etilgan dam olish maskanlari barchani o’z bag’riga chorlashi ham bor gap.

Qo’shni Ohangaron tumanidagi Quramatog’ etaklarida joylashgan, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tasarrufidagi “Moviy tog’lar” dam olish maskani bu yilgi mavsumni rasman 2019 yilning 25 may kunidan boshlaydi. Joriy yilda mazkur dam olish maskanida hordiq chiqaruvchilar uchun narxlar quyidagicha belgilandi. Unga ko’ra, 1 dona yo’llanma(1 ta o’rin bilan ovqatsiz va QQSsiz) kombinat ishchilari va pensionerlari uchun 23 500 so’m. Bu umumiy yo’llanma narxining 30%ini tashkil etadi.

Kombinat ishchi-xodimlari va pensionerlarining oila a’zolari(er, xotin, 16 yoshgacha bo’lgan farzandlari yoki o’quv muassasalarida o’qiydigan bolalar) uchun yo’llanma bahosi - 39 100 so’m etib belgilandi.(Bu yo’llanma narxining 50% miqdori).

5 yoshgacha bo’lgan farzandlari uchun - bepul(transportda alohida joy va dam olish maskanida o’rinsiz).

“Olmaliq KMK” AJda ishlamaydiganlar uchun esa dam olish maskanida bir kun hordiq olish 86 000 so’mni tashkil etadi.

IOB ma’muriyati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech