E'lonlar

Sherobod sement zavodi ATB ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 30 may kuni Surxondaryo viloyati “Olmaliq KMK” AJ Sherobod sement zavodi Avtomobil transporti boshqarmasiga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:

Lavozim

Malakaviy talablar

1

Ekskavator mashinisti (zanjirli)

Ma’lumoti bo’yicha diplom,  «A,Б,В,Г,Д,E», (A,B,C,D,E,F)  toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lish

2

Yuklov mashinasi mashinisti (погрузчик)

Ma’lumoti bo’yicha diplom,  «А,Б,В,Г,Д» (A,B,C,D,E)  toifali guvohnoma va   2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi

3

«E» toifali  yuk mashinasi (yarim tirkama) haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi (В,С,Д,E yoki B,C,D,E ) toifali va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

4

Tog’-kon mashinasi (BelAZ)  haydovchisi 

Haydovchilik guvohnomasi (В, С) toifali guvohnoma, BelAZ boshqarishga ruxsat beruvchi  guvohnoma va yuk avtomashinalarida 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

Nomzodlarning hujjatlari 2019 yil  30 may kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha qabul qilinadi va soat 13:00 dan  18:00 gacha amaliy va nazariy bilimlar sinovdan o’tkaziladi.

Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni (asl nusxasini) qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
  • O’quv yurtini tamomlagani bo’yicha diplom. 

Qabulga keluvchilar o’zlari bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Shikoyatlar qabul kunidan so’ng 1 hafta mobaynida ko’rib chiqiladi.

                                                                          Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech