http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Issiq suv va issiqlikta'minoti tariflari oshirilmoqda

on . Posted in E'lonlar

Toshkent viloyati moliya boshqarmasining 27 maydagi TV-08-11- 14-2019/1-sonli kelishib tasdiqlangan reestriga ko’ra, Olmaliq shahar “Olmaliq Issiqlik manbai” MCHJning 28 maydagi 46-sonli buyrug’iga asosan, “Olmaliq KMK” AJning 29 maydagi 1054-sonli Farmoyishiga ko’ra, 2019 yilning 15 iyunidan boshlab issiq suv va issiqlik ta’minoti bo’yicha to’lovlar narxi oshadi.

Turar joylar xonalari 1 m2 maydonini isitish uchun - 1288 so’m;

- isitib berilayotgan issiq suvdan foydalanganlik uchun, issiq suv sarfini hisoblagich bo’lmaganida bir kishi uchun – 23 362 50 so’m oyiga(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2013 yildagi 30-sonli qaroriga asosan 1,5 oshirilgan koeffitsenti qo’llanishi bilan);

- issiq suv sarfini hisobga olish asbobi mavjud bo’lganida issiq suvni normativ iste’moli uchun 1 m3 uchun oyiga – 4 188 so’m;

- Noturar joylarning ijarachi(arendator)lari va mulk egalari:

noturar joy xonalarini isitish uchun oyiga isitib berilayotgan maydonning 1 m2 uchun - 1545,60 so’m( QQS bilan);

- issiq suvdan foydalanganlik uchun bir kishi uchun oyiga(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.11.2013 yildagi 30-sonli qaroriga asosan 1,5 oshirilgan koeffitsenti qo’llanishi bilan) issiq suv sarfini hisobga olish asbobi mavjud bo’lmaganida; - 2 080 35 so’m(QQS bilan);

- issiq suv sarfini hisobga olish asbobi mavjud bo’lganida issiq suvni normativ iste’moli uchun 1 m3 oyiga – 5 025 60 so’m(QQS bilan).

“Tariflarni o’zgartirish haqida”gi 17.07.2017 yilgi 1023-sonli Farmoyish o’z kuchini yo’qotadi.

Eslatib o’tamiz, yuqoridagi narxlar “Olmaliq KMK” AJ Uy joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi ko’p qavatli uylar va inshootlarga nisbatan belgilangan.

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech