http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

“Avtomobilchi” xizmat ko’rsatishni boshlaydi

on . Posted in E'lonlar

Mana yurtimizga yoz fasli ham yetib keldi. Bu vaqtda kimdir bahavo maskanlarda, yana kimdir dengiz bo’yida dam olishni reja qiladi.

Ana shunday damlarda sizga har tomonlama qulay, mukammal sharoitlarga ega, salqin va so’lim, o’zining dengiz suvlari bilan barchaga xush yoquvchi “Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga qarashli “Avtomobilchi” dam olish maskani asqotadi. “Toshkent” dengizi sohilida joylashgan ushbu dam olish maskani o’z faoliyatini joriy yilda 8 iyundan boshlaydi.

“Avtomobilchi” uchun yo’llanmaning umumiy narxi 67 500 so’m bo’lib, bu narx kombinatda ishlamaydigan fuqarolarga amal qiladi;

Kombinat ishchi-xodimlariga umumiy summaning 30% miqdori, ya’ni 20 250 so’m;

ishchilarning oila a’zolari uchun 50% miqdori, ya’ni 33 750 so’m;

ishlamaydigan nafaqaxo’rlarga 30% miqdori daromad solig’i bilan birga, ya’ni 22 680 so’m etib belgilangan.

Dam olish maskanida yotoqxona va oshxona mavjud bo’lib, undan tashqari, o’zingiz bilan bemalol ovqat tayyorlash uchun mahsulotlar olishingiz mumkin bo’ladi. Chunki o’zingiz yoqtirgan taomlarni tayyorlashga barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Dam olish istagida bo’lganlar transport vositalari bilan ta’minlanadi.

ATB ma’muriyati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech