http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

OKMK ijodiy tanlovlar e’lon qiladi

on . Posted in E'lonlar

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yillik yubiley shodiyonalariga munosib tayyorgarlik ko’rish va uni tantanali ravishda o’tkazish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ tomonidan quyidagi ijodiy tanlovlar o’tkazish belgilandi:

  1. “Olmaliq konchilar va metallurglar shahri” – foto surat va rasmlar tanlovi;
  2. “Kombinat – mening taqdirim” - she’rlar tanlovi (o’zbek va rus tillarida).

Iqtidoringiz va mahoratingizni sinab ko’rish uchun imkoniyat tug’ildi. O’z taqdirini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan bog’lagan yoxud unga cheksiz muhabbati bo’lgan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan barcha-barchani ushbu tanlovlarda ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Hech kim ilg’amagan fototasvirlar, eng betakror ranglar jilosi tovlangan rasmlar hamda hazrati ishchi surati va siyratini so’z marjoniga tizgan havaskorlar ijodi “Rangli metallar” va “За цветные металлы” gazetalari sahifalariga, OLMALIQ7/24 telegram kanaliga va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi. Eslatib o’tamiz foto suratlar  elektron va qog’oz shaklida taqdim etilishi kerak.

G’oliblarni kombinatning qimmatbaho va esdalik sovg’alari kutmoqda.

Ijodiy ishlar 2019 yilning 10 sentyabriga qadar gazetalar tahririyati ish kunlari (dushanba-juma) soat 8.00dan 17.00ga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: 70-61-9-59-11;  70-61-4-20-15.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech