E'lonlar

G’oyalaringiz bormi, marhamat!

on . Posted in E'lonlar

“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati va Yoshlar ittifoqi faol, ijodkor, tashabbuskor yoshlarni  Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan innovatsion g’oyalar tanloviga taklif qiladi.

Tanlov “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish texnologiyalarida innovatsiyalar” hamda “Ijtimoiy sohalarda innovatsiyalar” nominatsiya(yo’nalish)lari bo’yicha o’tkaziladi. Kombinatning  35 yoshgacha bo’lgan ishchi-xodimlari, Ilmiy tadqiqotlar texnologik universiteti “MISiS” va Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetining Olmaliq filiallari talabalari tanlovda qatnashishlari mumkin.

Tanlovga arizalar 2019 yilning 1 sentyabrigacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan kombinat  ishchi-xodimlari o’zlari mehnat qilayotgan korxonaning Yoshlar ittifoqiga hujjatlarini topshirishlari  zarur bo’ladi.

OO’Yu talabalari esa hujjatlarni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga yuborishlari  kerak.

Buyurtmalar elektron shaklda ishtirokchining familiyasi, ismi, sharifi, ish joyi, lavozimi, ta’lim olayotgan OO’Yu, fakultet nomi, aloqa telefonlari ko’rsatilgan holda topshiriladi.

Innovatsion g’oyaning qisqa mazmuni(sharhi) va Power Point kompyuter dasturiga asosan (10 ta slayddan ko’p bo’lmagan) taqdimotida g’oyaning mohiyati, yangiligi, originalligi, afzalliklari, amaliyligi, tijorat xususiyatlari va ijtimoiy muhimligi va boshqa jihatlar ko’rsatib berilishi talab qilinadi.

Materiallar o’zbek yoki rus tilida qabul qilinadi.

Tanlov yakunlari  OKMKning 70 yilligi arafasida e’lon qilinadi. Eng yaxshi innovatsion g’oyalar mualliflari munosib rag’batlantiriladi.

O’zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan o’z korxonangizning Yoshlar ittifoqiga, OO’Yu talabalari esa 70-61-9-74-22 telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech