E'lonlar

ATB ga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 23 avgust soat 09:00 da «Olmaliq KMK» AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish birlashmasiga xizmat ko’rsatuvchi Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkiga qarashli 5-avtojamlanmaga (Chirchiq shahrida) quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:

Soha (Lavozim)

Sohaga (Lavozimga) oid talablar

1.

Yuk mashinasi haydovchisi

B, C yoki B, C, E  toifali  haydovchilik guvohnomasi va yuk avtomashinalarida ish tajribasiga ega bo’lishi.

2.

Avtoyuklagich haydovchisi

B, C  toifali  haydovchilik guvohnomasi, avtoyuklagich haydovchisi guvohnomasi va  ish tajribasiga ega bo’lishi

Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul  qilinadi.                   

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Mutaxassisligi bo’yicha guvohnoma;
  • O’quv yurtini tamomlagani bo’yicha diplom;
  • Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

(Hamma hujjatlar asl nuxada bo’lishi kerak)

Shikoyatlar qabul kunidan so’ng 1 hafta mobaynida ko’rib chiqiladi.           

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech