http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

OKMKning qo’sh bayramga tuhfasi

on . Posted in E'lonlar

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yilligi oldidan Kombinat rahbariyati va Kasaba uyushmasi kengashi "O’zbekkino" milliy agentligi bilan hamkorlikda xayrli tadbirga qo’l urdi.

23-24 avgust kunlari “Metallurg” MSda Milliy kinofilmlar festivali bo’lib o’tadi.

Ushbu festivalda “O’zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zakirov va agentlik  mutasaddilar ishtirok etishadi. Shuningdek, Festival betakror kino bayramiga aylanishi shubhasiz. Chunki milliy kinofestivalga el suygan va  ardoqlagan aktyor va aktrisalar  -  Baxtiyor  Ixtiyorov, Xayrulla Sa’diyev, Gulchehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Ra’no  Yarasheva, Matyoqub Matchanov, Hoshim Arslonov, Dilorom Egamberdiyeva kabi xalq artistlari va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar hamda  Said Muxtorov, Dilnoza Kubayeva, Asal  Shodiyeva  kabi sevimli ijodkorlarimiz tashrif buyurishadi.

Ushbu Festivalga Taklifnomalar bilan kiritiladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech