http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

“BALIQ OVI” TANLOVIGA MARHAMAT!

on . Posted in E'lonlar

Aziz hamshaharlar! Hurmatli kombinat ishchi-xodimlari!

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 70 yilligi oldidan kombinatda qator tadbirlar bo’lib o’tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 2019 yilning 14 sentyabr kuni Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Boshqarma OKMK yubileyi munosabati bilan “Qizil oy” dam olish maskanida hamshaharlarimiz va kombinat ishchi-xodimlariaro “Baliq ovi” tanlovini o’tkazadi.

Tanlovdan quyidagi nominatsiyalar o’rin olgan:

-  “Eng ko’p baliq ovlovchi”

-  “Eng tez baliq ovlovchi”

-  “Eng katta baliq ovlovchi”

-  “Eng keksa yoshli baliq ovlovchi”

-  “Eng yosh baliq ovlovchi”

Nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar o’zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ruxsatnoma) bilan kiritiladi.

Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi havaskor baliq ovlovchilar uchun 2019 yilning 14 sentyabr kuni soat 9.00da “Metallurg” MS oldida avtobus tashkil etiladi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech