http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

O’zbekistonda “Ozarbayjon kinosi kunlari” o’tkaziladi

on . Posted in E'lonlar

Shu yilning 21-28 sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o’tkaziladi. Bu haqda "O’zbekkino" Milliy agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etishadi. “Ozarbayjon kino kunlari” doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23 sentyabr  kuni soat 16:00da Alisher  Navoiy nomli kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi. 

Olmaliq shahri "Metallurg" madaniyat saroyida 2019 yil 24 sentyabr, soat 16.00 da “Ozarbayjon kino kunlari” tadbirining rasmiy ochilishi bo'lib o'tadi.

16.30 - “Naxichevanlik Huseyn Xon. Qaytish” hujjatli filmi namoyishi;

17.00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Shomil Aliyev.

ESLATMA: seanslarga kirish BEPUL!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech