http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

«Olmaliqmetallurgqurilish» trestiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 20 noyabr kuni soat 9:00 da «Olmaliq KMK» AJ «Olmaliqmetallurgqurilish» trestiga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:

Lavozim

Kvalifikatsion talablar

Muhandis-texnik xodimlar

1

Ishlab chiqarish- texnik bo’lim boshlig’i

Qurilish mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumoti, ushbu lavozimda 5 yildan kam bo’lmagan ish staji

2

Uchastka boshlig'i

Qurilish mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumoti, ushbu lavozimda 5 yildan kam bo’lmagan ish staji

3

Ish boshqaruvchi (ish boshi)

Qurilish mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumoti, ushbu yo'nalish bo'yicha 5 yildan kam bo’lmagan ish staji

4

Qurilish va montaj ishlari bo’yicha usta

Qurilish mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumoti, ish tajribasiga egaligi

Ishga qabul “OKMK” АJ ning sport inshooti (BOKS arenasi) da bo'lib, nazariy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.  

Ishga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  1. Pasport;
  2. Diplom;
  3. Mehnat daftarchasi.

Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

Hujjatlarni ro’yxatga olish soat 12:00 gacha amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasiga e’tirozlar imtihon o’tgan kundan boshlab 1 hafta ichida qabul qilinadi.

 Ma'muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech