http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

E’lon!

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 27 noyabrdan 6 dekbargacha soat 9:00 dan 15:00 ga qadar «Olmaliq KMK» AJ O’quv markazida karyer og’ir yuk mashinalari haydovchilari (BelAZ), yo’l qurilish mashinalari va traktorlari mashinistlarini (buldozer, ekskavator zanjirli, gildirakli, avtogreyder, yuklov mashinasi) yo’nalishlari boyicha mutaxassislarning mehnat bozorini o’rganish va ma’lumotlar bazasini tashkil qilish maqsadida hujjatlar qabul qilinmoqda.

Soha

Sohaga oid talablar.

1

Karyer og’ir yuk

avtomobili haydovchisi

Og’ir yuk avtomobili haydovchisi guvohnomasi, B, C toifali haydovchilik guvohnomasi, og’ir yuk avtomobillarida (yuk ko’tarish qobiliyati 5 tonnadan kam bo’lmagan avtomobillarda), 2 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.

2

Buldozer mashinisti

Ma’lumoti bo’yicha diplom, «А, Б, В, Г, Д» (A,B,C,D,E) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.

3

Ekskavator mashinisti

(zanjirli, gildirakli)

Ma’lumoti bo’yicha diplom, «А,Б,В,Г,Д,E», (A,B,C,D,E,F) toifali guvohnoma va 3 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.

4

Avtogreyder mashinisti

Ma’lumot bo’yicha diplom, « А,Б,В,Г,Д», (A, B, C, D, E) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lishi.

5

Yuklov mashinasi mashinisti (pogruzchno dostovochnaya mashina)

Ma’lumoti bo’yicha diplom, « А,Б,В,Г,Д» (A,B,C,D,E) toifali guvohnoma va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

Kerakli hujjatlar to’plami:

  • Pasport + nusxasi;
  • Mehnat daftarchasi + nusxasi;
  • Haydovchilik guvohnomasi + nusxasi;
  • BelAZ avtomobili haydovchisi guvohnomasi + nusxasi;
  • Ma’lumoti bo’yicha diplom yoki guvohnoma + nusxasi;
  • Traktor mashinisti guvohnomasi va talon + nusxasi;
  • Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi + nusxasi.
Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech