E'lonlar

ATB ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil  3 dekabr  kuni   Angren shahrida «Olmaliq KMK» AJ Avtomobil transporti boshqarmasiga  qarashli 2-avtokorxonaga quyidagi bo’sh ish o’rinlari bo’yicha ishga qabul o’tkaziladi:

Soha (mutaxassislik)

Sohaga (mutaxassislikka) oid talablar

1

Avtobus  va yuk tashish avtomobili haydovchisi

Haydovchilik guvohnomasi В,С,D  yoki В,С,D,E  toifali va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

2

Avtokran mashinisti

Haydovchilik guvohnomasi B, C toifali, avtokran mashinisti guvohnomasi va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

3

Avtominora mashinisti

Haydovchilik guvohnomasi B, C toifali, avtovminora mashinisti guvohnomasi, 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

4

Buldozer mashinisti

Ma’lumoti bo’yicha diplom,  «А,Б,В,Г,Д», (A,B,C,D,E)  toifali traktor mashinisti guvohnomasiga  va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

5

Avtogreyder mashinisti

Ma’lumoti buyicha diplom,  «А,Б,В,Г,Д», (A,B,C,D,E)  toifali  traktor mashinisti guvohnomasiga  va 2 yildan kam bo’lmagan mehnat stajiga ega bo’lishi.

Hujjatlar 2019 yil 3 dekabr kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha qabul qilinadi, soat 13:00 dan  17:00 gacha  nazariy va amaliy  sinovdan o’tkaziladi.     

     Ishga kiruvchilar nazariy va amaliy sinovlar asosida tanlov yo’li bilan qabul qilinadi.                   

     Ishga kirishga nomzodlar quyidagi hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim qilishlari shart:

  • Pasport;
  • Mehnat daftarchasi;
  • Haydovchilik guvohnomasi;
  • Avtokran, avtominora mashinisti guvohnomasi;
  • Mutaxassisligi bo’yicha diplom yoki guvohnoma;
  • Traktor mashinisti guvohnomasi va talon;
  • Jamg’arib boriladigan pensiya jamg’armasi;

Qabulga keluvchilar o’zi bilan qog’oz va ruchka olib kelishlari lozim.

(Barcha hujjatlar asl nushada bo’lishi kerak)

Shikoyatlar qabul kunidan so’ng 1 hafta mobaynida ko’rib chiqiladi. 

Rahbariyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech