http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Loyiha ishlari boshqarmasiga ishga qabul

on . Posted in E'lonlar

2019 yil 18 dekabr soat 9:00 da “Olmaliq KMK” AJ Loyiha ishlari boshqarmasiga quyidagi lavozimlarga ishga qabul o’tkaziladi:

Muhandis-konstruktor

Bo'sh ish o'rinlariga da'vogarlik qiluvchi mutaxassislarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  1. Ma'lumoti — oliy texnik (geodoziya, kartografiya, marksheyderlik ishi; elektr ta'minoti, injenerlik kommunikatsiyalari (suv ta'minoti, oqova suvlar, issiqlik ta'minoti); bino va inshoatlarni loyihalash;
  2. Kompyuterda ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish, ”Avtokad” dasturini bilish;
  3. Chizmalarni o'qish va ular bo'yicha hajmlarni hisoblay olish, ishlab chiqarish texnologiyasini bilish;
  4. ShNK, KMK, GOST, TSh loyihalar bajarilishi bo'yicha me'yorlarni bilishi.

Qabul “Olmaliq KMK” AJ O'quv markazida o'tkaziladi.

Nomzodlar o'zlari bilan birga passport (asl nusxasi), oliy ma'lumoti to'g'risida diplom (asl nusxasi), mehnat daftarchasi (asl nusxasi) hamda ruchka va qog'oz olib kelishlari shart.

Hujatlar soat 12:00gacha ro'yxatga olinadi.

Qabul bo’yicha da'volar bir hafta ichida qabul qilinadi.

Ma’muriyat

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech