http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

E'lonlar

Yangi yil bayrami: Nima, qayerda va qachon?

on . Posted in E'lonlar

Yangi yil bayramida aziz bolajonlarimiz turli xil mo’jizalar kutishadi. Bayram munosabati bilan “Metallurg” MS badiiy jamoasi bolajonlar uchun “Uddalangan topshiriq” nomli sahnalashtirilgan ertak tomoshasini tayyorlashmoqda.

2020 yil 2-10 yanvar kunlari bo’lib o’tadigan ertak tomoshalari uch seansda o’tkaziladi. Ertak tomoshalarida Qorbobo va qorqiz hamda turli personajlar ishtirok etishadi.

Olmaliq shahar madaniyat bo’limi tomonidan esa “Oltin olma” xiyobonida o’rnatilgan archa atrofida “Zolushkaning Yangi yil sarguzashtlari” nomli sahnalashtirilgan tomoshalar boshlab yuborilgan. Ushbu bayram tomoshalari 25 dekabrdan 2020 yil 5 yanvargacha tasdiqlangan jadval asosida namoyish etiladi.

 “Kimyogar” MM badiiy jamoasi ham shahrimiz kichkintoylariga ajoyib bayram tuhfasini hozirlashgan. 2020 yil 4-7 yanvar kunlari bolajonlar “Garri Poterning sehrli soati” nomli sahnalashtirilgan ertak tomoshasini kuniga uch seansda ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Eslatib o’tamiz, “Oltin olma” xiyobonida tasdiqlangan jadval asosida “Metallurg” MS hamda “Kimyogar” MM tomonidan ham Yangi yil bayrami tomoshalari namoyish etilishi ko’zda tutilgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech