A- A A+

E'lonlar

AGMK eng yaxshi ratsionalizatori

on . Posted in E'lonlar

2019-2021 yillarda “Olmaliq KMK” AJning innovatsion rivojlanish dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida «OKMKning eng yaxshi ratsionalizatori» tanloviga kombinat ishchi-xodimlaridan ratsionalizatorlik takliflari qabul qilinadi.

Tanlovning “Konchilik ishi bo’yicha eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi: foydali qazilmalarni qazib olish va tashish” nominatsiyasiga takliflar kombinat Ijro apparatining fan va innovatsiya bo’limida elektron shaklda This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. manzilida qabul qilinadi.

Tanlovda 2019 yil davomida tayyorlangan ratsionalizatorlik takliflari ko’rib chiqiladi. Arizalar joriy yilning 10 aprelidan 10 sentyabriga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun ariza berishda qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 70 61 9-50-24, 70 61 9-24-60, 70 61 9-23-60 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech