http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Turnacha” g’olib

on .

25-28 dekabr kunlari Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi hamda kasaba uyushmasi qo’mitasi hamkorligida Yangi yil bayrami munosabati bilan “Binoni Yangi yilga bezatish” mavzusida ko’rik-tanlov tashkil etildi.

Boshqarma tarkibidagi maktabgacha ta’lim muassasalari o’rtasida o’tkazilgan ko’rik-tanlovda ishtirokchilar hududni bezatish, ko’rgazma, musiqiy daqiqa, oshpazlik mahorati, ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko’rinishi kabi mezonlar bo’yicha bellashishdi.

Tanlovning barcha shartlarini a’lo darajada bajargan 21-sonli “Turnacha” nomidagi MTM jamoasi g’olib, deb topildi. 31-sonli “Do’stlik” hamda 4-sonli “Binafsha” MTMlar esa ikkinchi va uchinchi o’rinlarga munosib ko’rildi.

Tanlov g’oliblari tashkilotchilar tomonidan Faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech