http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Mard o’g’lonlar maydonda

on .

“Olmaliq KMK” AJ Jizzax sement zavodi kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Mard o’g’lon” sport musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada sement zavodining barcha sex va uchastkalaridan ishchi-xodimlar munosib ishtirok etishdi.

Musobaqa ishtirokchilari 100 metr va 3000 metrga yugurish hamda turnikda tortilish kabi shartlar bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etishdi. Birinchi shart bo’yicha zavodning xo’jalik uchastkasi ishchisi Fozil Anjirov marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati xodimi Bobomurod Fayziev esa ikkinchi, Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish xizmati ishchisi G’ayrat Qarshiboev esa uchinchi bo’ldi.

3000 metrga yugurish bahsida esa IHQH xodimi Javohir Hasanov chopog’onligini namoyon etdi. Xo’jalik uchastkasi ishchisi Shohrux Sorabekov va Energiya ta’minoti sexi ishchisi Sirojiddin Qahramonovlar ham g’oliblar safidan joy olishdi.

Musobaqaning uchinchi shartida ham IHQX xodimi Javohir hammadan ko’p turnikda tortildi. Maydalash sexi ishchisi Jasur Abduaxatov va Temiryo’l transporti sexi ishchisi Behzod Boboyarovlar ushbu bahsda kuchli uchlikka kirishdi.

Musobaqa g’oliblari tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech