http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Dillarga quvonch ulashar san’at

on .

Musiqa inson ko’nglini sel qilib, yurak tubidagi tuyg’ularni jo’sh urdirishi bor gap. Ayniqsa, yaxshi musiqiy asarning qiymati yillar o’tsada oshsa oshadiki aslo kamaymaydi. Musiqa inson onggu shuuriga sokinlik baxsh etib, uni ezgulikka boshlaydi.

2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yilida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ularning madaniy-ma’rifiy dam olishini ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar belgilangan.

2019 yil avvalida to’liq rekonstruksiyadan chiqqan muhtasham “Metallurg”  madaniyat saroyida  25 yanvar kuni navbatdagi madaniy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi. Shu kuni “Olmaliq KMK” AJ tomonidan O’zbekiston Yoshlar ittifoqi huzuridagi O’zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining  konserti tashkil etildi. Kombinat ishchilarining bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda ularning madaniy hordiq olishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan konsertda simfonik orkestrga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Kamoliddin O’rinboev dirijerlik qildi. Konsertda simfonik orkestr tomonidan klassik va zamonaviy musiqiy asarlar ijro etildi. Ayniqsa,  Alisher Navoiy nomidagi opera va balet Davlat akademik katta teatrining yetakchi solistlari Aziza Muhamedova hamda Rustam Alimardonov, xalqaro tanlovlar laureatlari Davron Hoshimov, Oqilbek Piyazov va Shirin Mamatova hamda hamshahrimiz Oybek Mavlonovlarning xonishlari san’at ixlosmandlari olqishiga sazovor bo’ldi.

Konsert davomida hamshaharlarimiz “Bek” doirachilar ansambli tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturdan ham bahramand bo’lishdi.

- Konsert biz ishchilarda shunday katta taassurot qoldirdiki, shaxsan men bunday yuksak saviyadagi konsertni shahrimizda tashkil etiladi, deb xayolimga ham keltirmagan edim. Simfonik orkestrning chiqishlari menga ham, hamkasblarimga ham juda manzur bo’ldi. Biz mana shunday yuksak saviyadagi konsertni shahrimizda tashkil etgani uchun kombinatimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiramiz, - deydi Mis boyitish fabrikasi ishchisi B.Toshpo’latov.

Shu kungi konsertga 500 nafardan ziyod muxlislar tashrif buyurdi. Ular konsert haqida o’zlarining  ana shunday iliq fikrlarini bildirishdi.

Qimmatli vaqtingizdan unumli foydalaning!

Sir emas, bugun aksariyat yoshlarimizda internetga qaramlik kuzatilmoqda. Ana shunday yoshlardan biri Oynura ham internetdagi ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo’lib qoladi. Instagramm messenjerida o’z sahifasini yaratib, kun-u tun unga o’zi haqida ma’lumotlarni, videolarni hamda turli mahsulotlarning reklamalarini joylab boradi. Ahvol shu darajaga yetadiki, uning butun o’y-xayollari ijtimoiy tarmoq bilan band bo’ladi. Sevgan insoni, do’stlari ham uning e’tiboridan chetda qoladi. Sevgan yigiti Oynurani internet qaramligidan qutqarishga ahd qiladi. Buning uchun Oynuraning instagrammdagi akkauntini o’chirib tashlaydi. Kichik bir kompaniyaning mahsulotini o’z sahifasida reklama qilishga shartnoma tuzgan Oynura akkaunti o’chirib tashlanganini bilgach, qattiq qayg’uga botadi.  Uni tiklashga qilgan harakatlari zoe ketib, sekin-asta muammolar girdobiga tushib qoladi....

Mazkur lavhalar 27 yanvar kuni “Metallurg” madaniyat saroyida premerasi bo’lib o’tgan “Instagramm” filmidan edi. “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati tashabbusi bilan kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu film premerasi namoyishida OKMKda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar va shahrimiz yoshlari ishtirok etishdi. Qo’shni  Qozog’iston Respublikasi kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan komedik janrdagi kinokartina tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga sazovor.

- Internet tarmog’i rivojlanib borayotgan bugungi kunda ushbu film haqiqatdan ham yoshlarga hayotda internetdan boshqa muhim narsalar borligini ham ko’rsatib berdi, - deydi shahrimizdagi 5-umumta’lim maktabi o’qituvchisi Faina Galimova. - Ayniqsa, maktab o’quvchilari vaqtlarini ijtimoiy tarmoqlarda o’tirib o’tkazmasdan, bilim olsalar yaxshi bo’ladi. Kombinat rahbariyatiga fursatdan foydalanib, o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Botir Norboev - “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchisi: - To’g’risi kino yoqdi. Biz yoshlar uchun tarbiyaviy ahamiyati ham bor. Qimmatli vaqtimizni internet tarmog’idagi turli ijtimoiy tarmoqlariga sarflashimiz ham yaxshi emas. Biz ishchilar uchun ma’naviy ozuqa beradigan bunday tadbirlarni tashkil etayotgan kombinat rahbariyatiga tashakkur aytib qolaman. Kelgusida yana bu kabi filmlarni kutib qolamiz.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech