http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Mahalla – xalq vijdoni

on .

31 yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida tashkillashtirilayotgan hamshaharlarimiz hamda kombinat ishchi-xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Opa” filmining premerasi va kinokartina ijodkorlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Postanovkachi rejissyor Ahmadjon Unarboev tomonidan suratga olingan ushbu kinokartinada so’lim Farg’ona vodiysidagi bir mahallaning raisi bo’lgan Yulduzxon ismli hamyurtimizning faoliyati hikoya qilinadi. Xorijliklar ham tan bergan mahalla institutining hayotimizdagi o’rni, har bir oiladagi muammolarning yechimida mahallaning roli filmda batafsil ochib berilgan. Ayniqsa, zamonamiz qahramoni sifatida mahalla raisining o’z mahallasidagi har bir muammoga befarq emasligi, ayol kishi bo’lishiga qaramay, jamiyatdagi adolatsizliklarga qarshi beomon kurashini filmda bosh rolni ijro etgan aktrisa Tamara Hazratqulova zo’r mahorat bilan gavdalantirgan.

Kinoni oddiy tomoshabin sifatida ko’rar ekanmiz, haqiqatdan ham o’tmishimiz ham, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bevosita mahalla bilan bog’liq ekanligiga amin bo’lamiz. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mahallalarning joylarda xalqning maslakdoshi va ko’makdoshiga, ta’bir joiz bo’lsa, «adolat tarozisi»ga aylanib borayotganiga guvohi bo’lamiz. Bejiz mahallaga «Xalq vijdoni» deya ta’rif berilmagan.

Film namoyishidan so’ng, kinokartina ijodkorlari - postanovkachi rejissyor Ahmadjon Unarboev hamda aktyorlar Tamara Hazratqulova, Bekzod Shoymatov, Bahodir Mirmaqsudovlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda tomoshabinlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Shu kuni hamshaharlarimiz maroqli madaniy hordiq olishgani shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech