http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Qadriyatlar asosidagi tarbiya

on .

Bilimli avlod - buyuk kelajagimiz, tadbirkor xalq - farovon hayot, do’stona hamkorlik esa - taraqqiyotning kafolatidir.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan tashkillashtirilgan “O’zbekiston uchun, bugungi kelajak avlod uchun eng katta boylik - elning osoyishtaligi” mavzuida o’tkazilgan ma’naviyat soatidan ana shunday xulosaga kelindi.

Ayni hozirgi integratsiyalashuv zamonida an’ana va qadriyatlar, yaxshilik va razolat shu qadar tez uyg’unlashib ketmoqdaki, bu narsalar bizga yot, deb ishonch bilan ayta olmaymiz. Demak, biz o’z farzandlarimizni yoshlik chog’laridan boshlab odob-axloqli qilib tarbiyalash bilan birga, ilmu fanning barcha qirralarini egallashga qiziqtirib borishimiz kerak. Maktab, kollej va oliygohlarda berilayotgan bilimlarni puxta o’zlashtirishga alohida e’tibor qaratish, bebaho vaqtlarini bekor sarflamaslikka o’rgatib borish har bir ota-ona va ustozning zimmasida ekanini unutmasligimiz lozim. Tadbirda shahar FHDYo bo’limi mudirasi Saodat Mirzairova o’z ma’ruzasida ana shu jihatlar bilan bir qatorda qizlar tarbiyasi, yoshlarning huquq va burchlari hamda yosh oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash masalalariga keng to’xtalib o’tdi.

OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlyanov mehnatkashlarning ijtimoiy, mehnat huquqlari, ularning qonuniy vakili bo’lgan kasaba uyushmasi tashkilotlarining vakolatlari, kasaba uyushmasi a’zolari, ayniqsa, xotin-qizlarning qonuniy huquqlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob - beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o’rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi. “Metallurg” MS kutubxonachisi Muhayyo Ortiqova kitob mutolaasiga havas avvalo, oilada boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob o’qishga mehr uyg’otish uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozimligini ta’kidlab o’tdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda xotin-qizlar va yoshlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilgan. Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari, hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyatini tushunarli tarzda aholiga yetkazish borasida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech