http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Qirmizi olma”

on .

Ma’lumki shu kunlarda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida “Metallurg” madaniyat saroyida madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

O’tgan davr mobaynida madaniyat saroyida simfonik orkestr konserti, “Instagramm”, “Opa” filmlarining taqdimoti, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, “Bizning mahalla” spektakl-konserti hamshaharlarimiz e’tiboriga havola qilindi.

1 fevral kuni hamshaharlarimiz hamda kombinat mehnat ahli uchun tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida  O’zbek Milliy Akademik Drama teatrining “Qirmizi olma” komedik spektakli namoyish etildi.

Dramaturg Erkin Hushvaqtov qalamiga mansub asar asosida sahnalashtirilgan komedik spektaklda bosh rollarni O’zbekiston xalq artisti Dilbar  Ikramova, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Madina Muxtorova, Muyassar Berdiqulova, aktyorlar Ulug’bek Xoliqjonov va Sherzod Abduvaliyevlar ijro etishdi.

Komedik spektakl xalqimizga xos bo’lgan hislatlar hallolik, soflik, poklik g’oyalarini ilgari suradi.

Ushbu spektakl taassurotlari haqida hamshahrimizning fikriga quloq tutamiz.

Qunduzoy Saidnazarova, uy bekasi: Kombinat rahbariyati va kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan tashkil etilayotgan kino premyeralari, spektakl va konsertlarni zo’r qiziqish bilan tomosha qilayapmiz. Ataylabdan ham poytaxtga teatrga bormaymiz. Mana bugun ham “Qirmizi olma” spektaklini mazza qilib ko’rdik. Spektaklda aktrisa Madina Muxtorova rolini qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Milliy an’analarimiz ruhida sahnalashtirilgan spektakl bizga manzur bo’ldi.Tashkilotchilarga mingdan-ming rahmat.

Eslatib o’tamiz, madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech