http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Andishali kelinchak”

on .

2 fevral kuni “Metallurg” MSda O’zbek Milliy Drama teatrining dramaturg Erkin Hushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan “Andishali kelinchak” spektakli namoyish etildi.

Kombinat rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi kengashi hamkorligida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida namoyish etilgan “Andishali kelinchak” spektaklida anshlag kuzatildi. Komedik janrdagi spektaklda hozirda oilalarda ko’p uchrayotgan qaynona-kelin munosabatlaridagi muammolar, muammoning yechimi ko’rsatib berilgan. Spektakl tomoshasida o’g’lini o’z sevgan qiziga uylantirgan qaynona kelinning har bir hatti-harakatidan kamchilik topib, qanday bo’lmasin ularni ajratib yuborish payida bo’ladi. Ajratib yuborsada, o’zi xohlagan qizga o’g’lini uylantirib qo’ysa. Ammo, oqila, mehnatsevar kelin barcha qiyinchiliklarga chidaydi. Oxir-oqibat qaynonasining mehrini qozonib oilasini saqlab qoladi.

Spektaklda rollarni aktyorlar Abduraim Abduvahobov,  Feruza Boboyorova, Rihsitilla Abdullaev, Shahlo Temirova, Hosiyat Husanovalar maromiga yetkazib ijro etishgan.

Muhtasham “Metallurg” MSga kelayotgan tomoshabinlarni kuzatar ekanmiz, hamshaharlarimiz teatrni sog’inishganini, tashkillashtirilayotgan har bir madaniy-ma’rifiy tadbir ularga olam-olam quvonch baxsh etayotganini his qildik.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech