http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kombinat “Shunqorlar”i

on .

“Olmaliq KMK” AJ Yoshlar ittifoqi hamda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida “Shunqorlar” sport musobaqasi tashkil etildi.

Kombinatning barcha korxonalari yoshlari o’rtasida tashkillashtirilgan musobaqa 4 bosqichda 2-23 fevral kunlari o’tkazildi. Unda ishtirokchilar 100 metr masofaga yakka tartibda yugurish, turnikda tortilish, 3000 metr masofaga yugurish, granata uloqtirish, 100 metr masofaga estafeta ko’rinishida yugurish, joyidan turib sakrash, gazga qarshi niqobni belgilangan vaqtda kiyish, chalqancha yotgan holda gavdani ko’tarish, qo’llarga tayangan holda gavdani ko’tarish kabi shartlar bo’yicha bahs olib borishdi.

“Olmaliq KMK” AJ tizimidagi korxonalarda mehnat qilayotgan yoshlarning ishdan bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil etish, ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda do’stlik munosabatlarini o’rnatish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish maqsadida o’tkazilgan musobaqaning tantanali taqdirlash marosimi 23 fevral kuni OKMK sport majmuida bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida so’z olgan kombinat boshqaruv raisining xodimlar bo’yicha o’rinbosari Azim Mirzajonov barcha sportchilarni g’alaba bilan muborakbod etib, bundan keyin ham bu kabi sport muqobaqalari muntazam o’tkazilishini, sportning voleybol, basketbol, futbol, gandbol turlari bo’yicha kombinat jamoalari xalqaro maydonlarda ham muvaffaqiyat qozonayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Azim Hakimjonovich kelgusida SFI Management Group ishonchli boshqaruvidagi korxonalar ishchilari o’rtasida sport musobaqalarini o’tkazish rejada borligini ham bildirdi.

Musobaqa yakuniga ko’ra, 295 ochko jamg’argan Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi jamoasi g’olib, deya e’tirof etildi. Ikkinchi o’rinni band etgan Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati jamoasi esa 285 ochko jamg’arishga muvaffaq bo’ldi. 281 ochkoga ega bo’lgan Mis boyitish fabrikasi yigitlari esa uchinchi bo’lishdi. Shuningdek, yakka tartibda ham yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan Javlon Zoirjonov, Abduhoshim Jumanov(STTB) va Mirhosil Yo’ldoshboev(IHQX)lar alohida e’tirofga sazovor bo’lishdi.

Musobaqa g’oliblari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari hamda esdalik sovg’alari, Faxriy Yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Doniyor Karimov,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi

huzuridagi yoshlar bilan ishlash komissiyasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech