http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

San’atga oshufta dillar

on .

“Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlar Kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida tashkillashtirilayotgan hamshaharlarimiz hamda kombinat ishchi-xodimlari uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida 24 fevral kuni “Metallurg” madaniyat saroyining ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert dasturi Shohrux Ma’rufov boshchiligidagi “Zarb” doirachilar ansamblining chiqishi bilan boshlandi. Konsert davomida Nasiba Mambetova rahbarligidagi “Kaleydoskop” xalq raqslari ansamblining jozibali raqslari, Nodira Nabiyeva boshchiligidagi “Bahor” badiiy raqs jamoasi raqqosa qizlari ijrosidagi milliy raqslar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Ayniqsa, Tatyana Govrilenko badiiy rahbarligidagi “Teatr pesni” studiyasi a’zolarining qo’shiqlari, Liana Minkina hamda Anna Vishnyakova boshchiligida “Raduga” xalq sirk jamoasining o’ziga xos sahna ko’rinishlari, Dilmurod Boymaqov rahbarligidagi “Qurama” folklor etnografik jamoasining milliy ruhdagi taronalari, A’zam Miraliyev rahbarligidagi “Nihol” vokal guruhi ijrosidagi “Popurri” tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Konsert kuni ilk bora sahnaga chiqqan xoreograf Shahnoza Isabayeva shogirdlari “Ko’zmunchoq” bolalar raqs jamoasining debyuti omadli bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.

 Matluba Turg’unova,

“Metallurg” MS badiiy rahbari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech