http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Kombinat ishchilariga yana bir imkoniyat

on .

Yaratganga shukurki inson manfaatlari ulug’lanayotgan yurtda yashaymiz. Ayniqsa, so’nggi paytlarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida inson qadr-qimmati yotganligi ayni haqiqat.

Har bir ishchi-xodimning manfaatini himoya qilishni, ularga munosib shart-sharoitni yaratib berishni birinchi galdagi vazifa deb bilgan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati ham yana bir xayrli ishga qo’l urdi. Ya’ni joriy yilning 1 martidan boshlab kombinatning Mis eritish zavodi, Mis boyitish fabrikasi, Rux zavodi, 2-Mis boyitish fabrikasi, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodidan tungi smenadan chiqqan ishchilarni o’z manzillariga yetkazish uchun Avtomobil transporti boshqarmasining 10 ta avtobusi ishchilarga xizmat qilishi uchun yo’naltirildi. Mazkur avtobuslar har kuni soat tungi 23.00dan to 01.00gacha shahrimizdagi 1-, 2-, 3-, 5-, 8-, 10-, 16-sonli avtobus yo’nalishlari bo’ylab harakatlanib, kombinat ishchi-xodimlarini o’z manzillariga beminnat yetkazadilar. Avtobus xizmati OKMKning barcha ishchi-xodimlariga bepulligini alohida ta’kidlash joiz.

Ushbu xizmatdan mamnun bo’lgan Mis eritish zavodi ishchisi Najmiddin Rahmatullayev o’z fikrlarini bildiradi: - Kombinat rahbariyati tomonidan tashkil etilgan bu imtiyoz, imkoniyat ishchi-xodimlarning xavfsizligi va ish samaradorligini ta’minlashi shubhasiz. Fursatdan foydalanib, biz ishchilarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotgan kombinat rahbariyatiga jamoam nomidan o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech