http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Gavhar - “Bahor malikasi”

on .

Navro’z ayyomini Jizzax sement zavodi jamoasi ham o’ziga xos tayyorgarliklar bilan kutib olishdi. Ayniqsa, korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi bayram arafasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirib, ishchi-xodimlarga xushkayfiyat ulashishdi.

Qo’mita tadbirlar rejasiga ko’ra o’tkazilgan navbatdagi “Bahor malikasi” bellashuvi ham aynan Navro’z ayyomiga bag’ishlandi. Zavod Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan mazkur bellashuvda korxona jamoalarida mehnat qilib kelayotgan ishchi-qizlar ishtirok etishib, ular tanishtiruv, salat tayyorlash va erkin mavzularda o’z mahorat va iste’dodlarini namoyon etishdi. Qizg’in bahslarga boy bo’lgan tanlov natijalariga ko’ra, 1-o’rin g’olibligini Kimyoviy-tahlil laboratoriyasi laboranti Gavhar Egamova qo’lga kiritib, “Bahor malikasi” nomiga e’tirof etildi. 2-o’rin Xo’jalik ishlari uchastkasi tozalovchisi Gulruh Rabbimovaga nasib etdi. 3-o’ringa Tibbiy-tayanch punkti hamshirasi Sanobar Turg’unova munosib topildi. Bellashuv so’nggida ishtirokchilar kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan qimmatbaho sovg’a va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech