http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Ezgu amallarni boshidan tutib

on .

Navro’z ezgulik, xayr-saxovat ayyomi. Xalqimizning milliy bayrami Navro’zi olam munosabati bilan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 8 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 94 nafar mehnat fronti faxriylari, 44 nafar Afg’on urushi ishtirokchilari, 12 nafar Chernobil AESi halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar, 74 nafar ishlamaydigan ehtiyojmand pensionerlar hamda 30 nafar boquvchisini yo’qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlamalari tuhfa etildi. Shuningdek, ezgu amallarni boshidan tutgan “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga 300 000 so’m miqdorida moddiy yordam ham ko’rsatildi.

 Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech