Kasaba uyushmasi xabarlari

Mening huquqim - mening kafolatim

on .

25 mart kuni shahrimizdagi Konchilik kasb-hunar kollejida kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati ana shunday nomlandi.

Davra suhbatida kollejning 3-bosqich o’quvchilari, o’qituvchi va mutaxassislar hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlanov ishtirok etdi. O’quvchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda huquqiy munosabat turlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

- Siz ishga qabul qilinganingizdan keyin mehnat munosabatlari boshlanadi, - deydi M.Mavlanov. -  Har kim o’z huquqini yaxshi bilsa o’zini himoya qila oladi. Qonunlarni bilmaslik esa qonunbuzilish holatlarini keltirib chiqaradi. Huquqiy munosabat ikkita sub’ekt o’rtasida yuzaga keladi.  Huquqiy munosabatlarning ham bir necha turi bor. Ma’muriy, mehnat, fuqarolik va hokazo. Mehnat huquqiy munosabatlarining asosi esa mehnat shartnomasi hisoblanadi. Mehnat shartnomasida taraflar ish beruvchi va xodim sanaladi.

Qonun bo’yicha O’zbekiston Respublikasida 16 yoshdan ishga qabul qilinadi. Ota-onaning yoki vasiylik organining ruxsati bilan o’qishga halaqit qilmagan holda 15 yoshdan ham ishga qabul qilinadi. Mehnat munosabatlarida mehnat intizomini oladigan bo’lsak, har bir jamoada o’zining ichki tartib-qoidalari bo’ladi. Jamoa ichki tartib-qoidalarini buzish intizmoiy ta’sir choralari ko’rilishiga sabab bo’ladi.

Interfaol tarzda bo’lib o’tgan davra suhbatida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech