http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

O’quv mashg’ulotlari samaradorlikni oshiradi

on .

Ishchi-xodimlar mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash kasaba uyushmasi tashkilotlarining birinchi darajali vazifasidir. Mehnat qonunchiligi talablari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda ularga berilgan huquqlardan to’liq foydalanish zarurligini vaziyat talab qilmoqda.

Xususan, ishlab chiqarishda band bo’lgan kasblar egalarining o’z vaqtida va sifatli maxsus kiyim, poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari, maxsus sut mahsulotlari bilan ta’minlanishlari, sanitariya va gigiena me’yor talablari bajarilishini nazorat qilib borish shular jumlasidandir. “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, korxona va sexlar kasaba uyushmasi qo’mitalari tomonidan kombinatda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini o’rnatish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25 martidan 29 martiga qadar Kengashning mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi mutaxassislari tomonidan yillik ish rejaga muvofiq, kombinat korxona va sexlarida mehnat muhofazasi bo’yicha saylangan  vakillarning malakasini oshirish bo’yicha namunaviy o’quv dastur asosida vakillar o’quvi tashkil etildi. Noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyoz va kafolatlar, yuqori tarif stavkalarida belgilangan mehnat haqi, qisqartirilgan ish vaqti, qo’shimcha mehnat ta’tili, bepul davolash-profilaktika oziq-ovqatlar va imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqlari, mehnat intizomi, mehnat qonunchiligiga doir huquqiy hujjatlarning mohiyatlari o’z aksini topgan o’ndan ziyod amaliy o’quv mashg’ulotlari va ma’ruza soatlarida jamoatchilik vakillariga  keng ma’lumotlar berib borildi. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining barcha ish beruvchilar uchun majburiy bo’lgan 200-sonli buyrug’iga asosan, mehnat sharoitlari zararli va noqulay bo’lgan ishga qabul qilinayotgan xodimlarni dastlabki va keyin vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazish, shuningdek, zararli va xavfli omillar bo’yicha sanitariya me’yorlari va qoidalari (SanPiN), gigienik me’yorlar (PDX va PDU) talablari, uch pog’onali ma’muriy-jamoa nazorati, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ish o’rinlarida, mehnat muhofazasi qonunlarga, standartlarga, qoidalariga, me’yorlar, yo’riqnomalar va boshqalariga rioya qilayotganliklari tekshirilishi yuzasidan  muhim ma’lumotlar jamoatchilik vakillariga yetkazildi. Mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishda ham ish beruvchi, ham xodimning mas’uliyatini oshirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish bo’yicha kombinatda tizimli ishlarning samaradorligini oshirish yo’lida tashkillashtirilgan o’quvlarda “Olmaliq KMK” AJ sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’limining  mutaxassislari ham ishtirok etishib, jamoatchilik vakillarining savollariga batafsil javob berib o’tishdi. Jamoatchilik vakillarining nazariy bilimlarini mustahkamlash va huquqiy savodxonligini oshirish, ish joylarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etishda ushbu o’quvlar muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech