http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Beminnat xizmat uchun rahmat!

on .

Biz bir guruh ishchilar bir necha o’n yillardan buyon “Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshqarmasining Oltin saralash fabrikasida mehnat qilib kelayapmiz. Jamoamiz har jabhada faol va hamjihat.

Kombinat ishlab chiqarish yutuqlariga kamtarona hissamiz qo’shilayotgani bizni hamisha ruhlantiradi. Boshqarmamiz rahbariyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi biz ishchi-xodimlarga nafaqat mehnat sharoitlarini yaratish, balki madaniy dam olishimiz, salomatligimizni tiklash, ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishimiz yo’lida doimo g’amxo’rlik qilib keladi.

Kuni-kecha hamkasblarimiz bilan kombinat sanatoriy-profilaktoriysida davo muolajalarini olib, salomatligimizni tiklab qaytdik. Sanatoriy-profilaktoriyda so’nggi yillarda davolash usullari yanada kengayib, faoliyati yangi bosqichga ko’tarilganiga guvoh bo’ldik. Bu bilan sihatgoh har bir dam oluvchining e’tirofiga sazovor bo’layotgani diqqatga molikdir. Ayniqsa, u yerda faoliyat yuritayotgan shifokor va hamshiralarning shirinsuxanligi, muolajalarni o’z vaqtida sifatli olib borishi, oshpazlar tomonidan tayyorlanayotgan mazali taomlar barchaga birdek manzur bo’lmoqda. Bayramlar munosabati bilan tashkillashtirilayotgan konsert dasturlari, madaniy-ma’rifiy kechalar esa davolanuvchilarning maroqli hordiqlarini ta’minlayapti.

Fursatdan foydalanib, Chodak KB rahbariyati va kasaba uyushmasi qo’mitasiga, shuningdek, beminnat xizmatlarini ko’rsatib kelayotgan sanatoriy-profilaktoriy jamoasiga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Bir guruh ishchilar nomidan OSF gidrometallurgi

O’lmasvoy YULDOSHEV

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech