http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Insonga naf keltirish - oliy baxt

on .

25 aprel kuni “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi tashkilotida hududiy birlashmalar va tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudirlari va bosh mutaxassislari uchun “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo’nalishida olib borayotgan ishlari” mavzusida sayyor amaliy mashg’ulot bo’lib o’tdi.

Sayyor amaliy mashg’ulot avvalida ishtirokchilar e’tiboriga faoliyat haqida videorolik namoyish etildi. Shuningdek, kombinat ishchi-xodimlari uchun yaratilgan ijtimoiy imtiyoz va kafolatlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.

- Bugungi kunda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining 45716 nafar a’zosi bor, - deydi kasaba uyushmasi Kengashi raisi o’rinbosari Kamol Hasanboyev. - Tashkilotimizga kombinat ishchilaridan tashqari, Olmaliq konchilik KHK, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, MTTU MISiS Olmaliq filiali, “Olmaliq standartlashtirish va sertifikatlashtirish markazi” Davlat korxonasi hamda Toshkent metallurgiya zavodlari ishchilari va pensionerlari ham a’zo bo’lishgan. Ushbu tashkilotlarning har biri hozirda o’z jamoa shartnomasiga ega. Bevosita kombinat ishchi-xodimlariga yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida to’xtaladigan bo’ls ak, ularni sog’lomlashtirish hamda farzandlarini turli dam olish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlash kombinat rahbariyati bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, har bir ishchi farzandi imtiyozli to’lov asosida kombinat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olingan. E’tiborlisi, kombinat ishchilari Rossiya va Ukraina davlatlaridagi “O’zbekiston” sanatoriysida ham sog’liklarini tiklab kelish imkoniyatiga egalar. Ishchi-xodimlardan tashqari mehnat faxriylari ham tashkilotimiz e’tiboridan chetda qolishayotgani yo’q. Ishlamaydigan 6934 nafar kombinat mehnat faxriylari hamda Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari uchun har oyda oziq-ovqat jamlanmalari moddiy ko’mak sifatida ajratiladi. Bundan tashqari, OKMK pensionerlaridan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lganlar, shu jumladan, yolg’iz keksalar, ehtiyojmand oilalar, nogironlar va baynalmilal jangchilar, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashganlar holidan xabar olinib, ularga ham turli ko’rinishda moddiy yordamlar ajratib kelinmoqda.

Mehmonlar kombinatning asosiy koni bo’lgan Qalmoqqir koni haqida ham to’liq tushunchaga ega bo’lishlari uchun kon boshqarmasining kuzatuv maydonchasiga tashrif buyurishdi.

- Qalmoqqir koni mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari ichidagi eng yirik konchilik qazib oluvchi konlardan biri sanaladi, - deydi tadbir mehmonlariga kon haqida ma’lumot berar ekan, kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Ozod Abduraimov. - Kondan ma’dan qazib olish ochiq usulda amalga oshiriladi va qazib olingan ma’danlar Mis boyitish fabrikasida qayta ishlanadi. Yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritayotgan Qalmoqqir koni rangli metallar qazib olish bo’yicha jahondagi yetakchi konlardan biriga aylandi. Konning loyihaviy quvvati yiliga 30 mln. tonna ma’dan qazib olishni tashkil etadi. Kon ishga tushirilganidan boshlab hozirgi vaqtgacha 1 mlrd. tonnadan ortiq ma’dan qazib olindi.

Uzunligi 4,2 km., kengligi 1,7 km., chuqurligi 380-600 metr bo’lgan kon tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.

Shundan so’ng, mehmonlar “OKMK” sport majmuasida bo’lishib, u yerdagi turli sport to’garaklari faoliyati bilan tanishishdi, to’garak tarbiyalanuvchilari, gandbol bo’yicha oliy liga jamoasi sportchilari va murabbiylari bilan mazmunli suhbatlashdilar.

Tadbir davomida mehmonlarni yaqinda to’liq ta’mirdan chiqarilgan, muhtasham “Metallurg” madaniyat saroyi hayratda qoldirdi. Madaniyat saroyida kombinat ma’muriyati tomonidan eng zamonaviy usulda yaratilgan shart-sharoitlar, faoliyat yuritib kelayotgan turli to’garaklar ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Sayyor amaliy mashg’ulot ishtirokchilarning MTTU MISiS Olmaliq filialiga tashrifi bilan yakunlandi.

Umida DJALILOVA,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech