http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Ta’mirchilar eng munosiblarni aniqlashdi

on .

Dastlab “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti bazasida tashkil etilgan, o’tgan o’n yil ichida OKMKning eng muhim ta’mir-montaj korxonalaridan biriga aylangan Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasi jamoasi tomonidan kombinat korxona va sexlari texnologik jihozlarida olib borilayotgan kapital ta’mir, kimyoviy himoya ishlarini olib borish, temir-beton qurilmalari ishlab chiqarish, yangi tiklanayotgan ob’ektlarda qurilish-montaj tadbirlarini amalga oshirish, asosiy sexlar va yer osti konlari uchun ventilyatsiya jihozlarini tayyorlab berish, issiqlik energetika inshootlarini tiklash va bunyod etish kabi muhim vazifalar bajarib kelinmoqda.

Keng soha va yo’nalishlar qamrab olingan holda ishlab chiqarish faoliyati yo’lga qo’yilgani boshqarmada ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitar-gigienik hamda sog’lomlashtirish va profilaktik chora-tadbirlar tizimini o’z ichiga olgan mehnat muhofazasi talablariga mas’uliyat bilan yondoshishni talab qiladi. Kuni kecha mazkur korxonada sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi ilg’or ishtajribalarini ommalashtirish, sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasi bo’yicha jamoatchilik vakillari faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida mehnat muhofazasi bo’yicha keng qamrovli tanlov o’tkazildi. Qariyb ikki oy davom etgan tanlov g’olibligini aniqlash uchta yo’nalishda olib borildi. Birinchi galda ITIB barcha uchastkalarining “Eng yaxshi ish taqsimoti xonasi” g’olibligini qo’lga kiritish uchun ish taqsimoti xonalarini belgilangan tartiblarda jihozlash, uslubiy va ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tiborni qaratishdi. Issiqlik energetika jihozlarini ta’mirlash va Qurilish-montaj ishlari uchastkalarining ish taqsimlash xonalari tanlovda sovrinli o’rinlar sohibi deb topildi. 1-Ixtisoslashtirilgan ta’mir-montaj ishlari uchastkasi ish taqsimoti xonasi eng namunali ish taqsimoti xonasi sifatida e’tirof etildi. Tanlovning navbatdagi bosqichida uchastkalarda mehnat qilib kelayotgan iste’dodli ishchi-xodimlar o’z rassomlik va dizaynerlik mahoratlarini namoyon etgan holda “Eng yaxshi devoriy gazeta”ni yaratishga harakat qilishdi. 1-Ixtisoslashtirilgan ta’mir-montaj uchastkasi ta’mirchi- chilangari A.Abdurashidovning ijod mahsuli sovrinli uchinchi o’ringa munosib, deb baholandi. 7-uchastka montajchisi A.G’oyibnazarov muallifligidagi devoriy gazeta ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi. Angrendagi kon korxonalariga temir-beton qurilmalarini yetkazib beruvchi 5-Temir- beton mahsulotlari uchastkasi ishchisi A.Akramov mazkur yo’nalish g’olibligini qo’lga kiritdi. Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni arafasida esa mehnat muhofazasi bo’yicha eng yaxshi jamoatchilik vakillari o’rtasida eng yaxshi bilimdon aniqlangan holda barcha g’olib va sovrindorlar taqdirlanishdi. Boshqarmaning 8 ta uchastkalarida faoliyat yuritib kelayotgan jamoatchilik vakillari mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, mehnat qonunchiligi hamda ichki mehnat tartib-qoidalari yuzasidan test savollariga javob berishdi. Test savollari bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarni qayd etgan jamoatchilik vakillari ikkinchi bosqichda Mehnat muhofazasi bo’yicha qonuniy va boshqa me’yoriy hujjatlar asosidagi savollarga javob berishdi. Ushbu yo’nalishda mutlaq g’oliblikka 7-uchastka vakili M.O’rinboev sazovor bo’ldi. Uning 5- va 7-uchastkalardagi hamkasblari A.Akramov va A.G’oyibnazarovlar navbatdagi sovrinli o’rinlarni zabt etishdi. Tanlovning barcha yo’nalishlari bo’yicha g’olib va sovrindorlar boshqarma rahbariyati va kasaba uyushmasi qo’mitasining qimmatbaho sovg’alari va diplomlari bilan taqdirlanishdi. Mazkur tanlov yuqori saviyada tashkillashtirilishi va o’tkazilishiga boshqarma mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi muhandisi Sardorxon Nodirxonov hamda uchastkalar rahbarlari munosib hissa qo’shishdi.

Gulchehra ALIMOVA,

ITIB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech