http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Rustam - engi yaxshi mehnat muhofazasi mutaxassisi

on .

“Olmaliq KMK” AJ korxonalarida mehnat qilayotgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha muhandislar o’rtasida “Mehnat muhofazasi bo’yicha eng yaxshi mutaxassis-2019” ko’rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov uch bosqichda o’tkazilishi belgilangan bo’lib, aprel oyida birinchi bosqichi bo’lib o’tdi. Unda ishtirokchilar mehnat muhofazasi bo’yicha o’z bilimlarini nazariy jihatdan sinovdan o’tkazishdi. Test sinovlari asosida birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilar keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida MM va XT bo’yicha muhandislar o’z ish rejasini tuzishi va ushbu ish rejasiga ko’ra, MM va XTning barcha faoliyat turlarini qamrab olishi hamda ish rejani himoya etgan holda taqdimot qilishi lozim edi.

7 may kuni tanlovning uchinchi yakuniy bosqichi bo’lib o’tdi. Unda har ikki bosqichdan o’tgan qatnashchilar bellashishdi. Ishtirokchilar uchinchi bosqichda blits-topshiriqlar bo’yicha g’olibni aniqlib olishdi.

Tanlov yakuniga ko’ra, Markaziy ta’mirlash mexanika zavodining MM va XT bo’yicha muhandisi Rustam Ahmedov “Eng yaxshi mehnat muhofazasi mutaxassisi” nomiga sazovor bo’ldi. Ikkinchi o’rin esa “Olmaliqmetallugqurilish” tresti MM va XT bo’yicha muhandisi Jamshid Rustamovga nasib etdi. Uchinchi o’ringa Issiqlik elektr markazi MM va XT bo’yicha muhandisi Ilhom Xolmatov loyiq ko’rildi.

Ushbu tanlovni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, MM va XT bo’yicha ilg’or tajribalarni targ’ib etish, kasb kasalliklari va ishlab chiqarishdagi jarohatlar profilaktikasining yangi uslublarini izlashdan iboratdir.

Tanlov so’nggida barcha g’olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Sherali KUCHAROV,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari

kasaba uyushmasi Kengashi MM va XT mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech