http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Gulzoda - eng yaxshi tikuvchi

on .

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarga keng imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, pensiya yoshidagi ishlovchi ayollarning to’laqonli mehnat faoliyatlarini tashkil etish maqsadlariga qaratilgan davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar bu boradagi ishlarning yanada jadal olib borilishida muhim omil bo’lmoqda.

“Olmaliq KMK” AJ Uch-quloch koni kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan ishchi xotin-qizlarning kasb malakalarini oshirish, bilim va ko’nikmalarini yanada rivojlantirish, yoshlarning o’z kasblariga bo’lgan mehr-muhabbatini yanada kuchaytirish maqsadlarida Tikuv uchastkasida turli kasb mahorati tanlovlari o’tkazib kelinadi. Kuni kecha bo’lib o’tgan ana shunday tanlovlardan biri 2019 yilning “Eng yaxshi tikuvchi”si nomi ostida o’tkazilib, unda ishtirokchilar o’zlarining chevarlikka oid nazariy va amaliy bilimlarini yana bir bor imtihon qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Xususan, tikuvchi ayollar ish joyida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish, tayyorlangan mahsulot sifati hamda mehnat unumdorligini oshirish bo’yicha o’z mahoratlarini namoyish etishdi.

Teng bellashuvlar ostida o’tgan tanlov mezonlariga mos ravishda berilgan vazifani belgilangan vaqt davomida did bilan sifatli tayyorlashga erishgan Uch-quloch koni kasanachi-tikuvchisi Gulzoda Zarpunova 1-o’rinni egalladi. Shu jumladan, u “Eng yaxshi tikuvchi” nomiga ham sazovor bo’ldi. Shuningdek, ko’rik-tanlovning 2-o’rinini tikuvchi Dilnoz Tangriqulova hamda 3-o’rinni Manzura Ergashevalar egalladilar. Barcha ishtirokchilar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Olimjon ERGASHEV,

Uch-quloch koni kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech