Kasaba uyushmasi xabarlari

Tarixiy qadamjolarga sayohat

on .

Sir emas, “Olmaliq KMK” AJ korxonalarida mehnat qilayotan har bir ishchi-xodimning ijtimoiy imtiyozlari kafolatlangan.

OKMK rahbariyati hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamkorligida ichki turizmni rivojlantirish va mehnatkashlarning mazmunli hordiq olishlarini ta’minlash maqsadida yurtimizning tarixiy qadamjolariga sayyohatlar tashkil etilmoqda.

Xususan, shu yil mart oyidan boshlab, hozirgi kunga qadar ko’hna va navqiron, ro’yi zamin sayqali bo’lgan Samarqand shahriga hamda qadimiy Buxoro shahriga 3 kunlik imtiyozli narxlarda sayohatlar tashkillashtirildi. Shu kungacha jami bo’lib 350 nafar kombinat ishchi-xodimlari mamlakatimizning ushbu qadimiy shaharlariga tashrif buyurishib, diqqatga sazovor tarixiy qadamjolarni, obidalarni, ziyoratgohlarni ziyorat qilishdi. SHuningdek, o’tgan davr mobaynida O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham bepul tarzda Xiva shahriga 160 nafar kombinat rahbar va ishchi-xodimlarining 4 kunlik sayohati uyushtirildi. Ushbu bepul sayohatlar kelgusida ham tashkil etilishi rejalangan.

- Tarixsiz kelajak yo’q deyishadi. Boy tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratib bergan kombinat rahbariyati, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasiga o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman, - deydi OKMK Ijro apparati Xodimlar bo’limi ishchi kadrlar sektori katta texnik inspektori Shoira Abduraimova. - Sayohatimiz davomida biz nafaqat qadimiy shaharlarda ziyoratlarni amalga oshirdik, balki madaniy hordiq ham chiqarib, Buxoro va Xiva shaharlarida olib borilayotgan obodlik hamda bunyodkorlik amallariga guvoh bo’ldik. Va bir olam taassurotlar bilan qaytdik.

Shuningdek, har bir sayohatni tashkil etishda biz bilan shartnoma tuzgan “Sardoba karvon yo`li” MCHJ sayyohlik firmasining har bir sayohga yuqori xizmat ko’rsatishini ham alohida ta’kidlash joiz. Sayohlarni manzilga o’z vaqtida yetkazish, mehmonxonalarga joylashtirishdagi xizmatlar, gid xizmati barchasi yuqori darajada yo’lga qo’yilgan.

Kombinatimiz ishchi-xodimlariga bu kabi imtiyozlar kelgusida ham davom ettirilib, iyun oyidan boshlab, har oyda bir marotaba ishchi-xodimlarning istaklaridan kelib chiqqan holda yurtimizning ma’lum-u mashhur go’shalariga 100 kishilik guruhlarning sayohatlarini amalga oshiramiz. Bir so’z bilan aytganda, barcha amalga oshirayotan ishlarimiz zamirida ishchi-xodimlar manfaati yotibdi.

Abduvohid SHODIYEV,

Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

 madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’yicha

yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech