http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

Oilalardagi ajrimlarga sabab nima?

on .

Bu savolga 22 may kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashida tashkil etilgan davra suhbatida javob izlandi.

“Kombinat ishchilari orasida ajrim jarayonida turgan oilalarni ro’yxatini shakllantirish va ularning muammolarini aniqlab, joylarga chiqib yarashtiriuv masalasida targ’ibot ishlarini amalga oshirish haqida” mavzusida tashkillashtirilgan davra suhbatida kombinat sex va bo’limlari xotin-qizlar komissiyalari raislari ishtirok etishdi.

Mavzu bo’yicha kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining sanatoriy-profilaktoriysi ruhshunosi Viloyat Davletova ma’ruza qildi. Oiladagi ajrimlar va ularga olib keladigan sabablar hamda ularning yechimi bo’yicha ruhshunos Viloyat Sabitovna batafsil tushuntirishlar berib o’tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan liderlik qobiliyatlarini aniqlab beruvchi testlar va bahs-munozaralar ham o’tkazildi.

Umida Djalilova,

Kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi

tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech