http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Kasaba uyushmasi xabarlari

“Eng namunali boshlang’ich tashkilot” ko’rik-tanlovi e’lon qilindi

on .

Kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan barcha ishlar eng avvalo, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va xotirjamlik, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholining turmushi darajasi va sifatini oshirish borasida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar samarasidir.

Boshlang’ich tashkilotlar ish faoliyatini yaxshilash, kasaba uyushmasi kadrlari va faollarining professional darajasini oshirish, shuningdek, yoshlarni kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyatiga keng jalb etish, kasaba uyushmalari tashkilotlarida kasaba uyushmasiga a’zolikning afzalligini asoslash yo’nalishi bo’yicha faoliyatni kuchaytirish maqsadida 2011 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba kasaba uyushmalari Federatsiyasi miqyosida “Eng namunali boshlang’ich tashkilot” ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.

Ko’rik-tanlov shartlariga muvofiq xodimlar uchun yetarli mehnat va maishiy sharoitlari yaratib berilishini, jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlardan barcha xodimlar birdek foydalanishlarini, kasaba uyushmalari organlari faoliyatining oshkoraligini, kasaba uyushmalari a’zolari oldida muntazam hisobot berib borishini ta’minlash kabi yo’nalishlar boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini baholashning asosiy mezonlariga aylandi.

Tanlovning barcha bosqichlarida g’olib chiqqan boshlang’ich tashkilotlar bazasida boshqa boshlang’ich tashkilotlar raislari uchun davra suhbatlari, o’quv seminarlar, tajriba almashishlari tashkil qilish tizimi yaratilib amalga oshirilmoqda.

O’z navbatida, bu tanlovda “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kombinat tizimida 2011, 2013, 2015 yillarda o’tkazilgan mazkur ko’rik-tanlovning birinchi bosqichidan o’tib final bosqichiga yo’llanma olgan Mis eritish zavodi, Sanoat temir yo’llari transporti boshqarmasi va Avtomobil transporti boshqarmasi kasaba uyushmasi tashkilotlari, respublika bosqichida ham g’oliblikni qo’lga kiritishgan. Va barchasi kombinat kasaba uyushmasi hamda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan samarali faoliyatlari uchun Diplomlar va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanganlar. Joriy yilda, ya’ni 2019 yilda bu munosib g’olib kim bo’lar ekan? Bu savolga esa 2019 yilda iyun oyida bo’ladigan tanlovning birinchi bosqichda javob topamiz. Hozirda ushbu tanvloga tayyorgarlik ishlari qizg’in ketmoqda.

Mazkur tanlovda kombinatda faoliyat yuritayotgan sex va bo’linmalarining ma’muriyati vakillarini va kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlarini, yetakchi va faollarini faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

 Umida Djalilova,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining

tashkiliy ishlar bo’yicha yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech